Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 7 avgust kuni amalda boʻladigan qiyomatini belgiladi.
Maʼlum qilinishicha, dollarning rasmiy kursi 21,90 soʻmga tushdi va 12 502,99 soʻmni tashkil qilgan. Yevro kursi esa 28,48 soʻmga oshdi va 14 484,71 soʻm etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,60 soʻmga pastladi hamda 155,94 soʻm etib belgilandi.