Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yashovchi ayol Bolalar ombudsmaniga murojaat qilib, sobiq turmush oʻrtogʻi 2011 yildan beri farzandlari uchun aliment toʻlayotganini bildirgan.
Bildirilishicha, ayolning sobiq turmush oʻrtogʻi 2011 yildan beri farzandlari uchun aliment toʻlamagan.
Fuqaro sud qaroriga qaramay, aliment toʻlashdan bosh tortib kelgan. Bolalar ombudsmani aralashuvidan soʻng, Majburiy ijro byurosi tomonidan otaning qarzdorligi hisoblab chiqildi va farzandlar foydasiga 128 million soʻm undirildi.