AsosiyJamiyat

Qo‘qonda ona farzandlari uchun 85 million so‘m aliment to‘lanadi

3 nafar farzand ota qaramo‘g‘iga topshirilgach, onaga aliment to‘lash belgilangan.

'Qo‘qonda ona farzandlari uchun 85 million so‘m aliment to‘lanadi'ning rasmi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida aliment to‘lamay yurgan ayol sud jarayonida qarzlarini to‘lab berdi.

Bildirilishicha, qo‘qonlik ayol chet elga chiqishiga turmush o‘rtog‘i norozilik bildirgan va ular ajrashishgan. Ularning 3 nafar farzandi ota qaramo‘g‘iga topshirilgach, onaga aliment to‘lash belgilangan.

Ayol turli bahonalar bilan bir yil davomida aliment qarzdorliklarini to‘lamay qochib yurgan. Sud hukmi asosida aliment to‘lovlarini undirish uchun ijro harakatlari boshlangan.

Qarzdor onaga davlat ijrochisi tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy ko‘rib chiqilishi uchun Qo‘qon shahar sudiga taqdim qilingan. Sud jarayonida ayol 3 nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun 85 million so‘m qarzdorlikni to‘lab bergani sababli Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasiga asosan ushbu ish sud tartibida tugatilgan.

    Boshqa yangiliklar