Bugun, 11 avgust kuni yarim tunda Toshkent tumanida joylashgan “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga bozor yonayotgani haqida xabar berilgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 7 daqiqada etib borgan. Jarayonga jami 10 ta ekipaj jalb etilgan.
Yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va 04:46 da bartaraf etilgan. Hodisa ortidan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.