AsosiyBu qiziq

Bugʻun kuchli shamol esib, chang-tuzon koʻtariladi

Respublikaning ayrim hududlarida harorat 42 darajagacha koʻtariladi.

'Bugʻun kuchli shamol esib, chang-tuzon koʻtariladi'ning rasmi

"O‘zgidromet" bugun, 12 avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 22-24 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 21-26 daraja, kunduzi 37-42 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 11.08.2025 18:08

    'Dollar kursi tushdimi?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.08.2025 17:02

    Dollar kursi tushdimi?

    Markaziy bank dollar, yevro va rublning 12 avgustda amalda bo‘ladigan qiyamatini e’lon qildi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 11.08.2025 01:13

    Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha issiq bo‘ladi.

    'Italiyada sun'iy intellekt 1 yil oldin yo‘qolgan shifokor jasadi(ni) topdi'ning rasmi

    Bu qiziq 08.08.2025 17:51

    Italiyada sun'iy intellekt 1 yil oldin yo‘qolgan shifokor jasadi(ni) topdi

    Yomg‘ir va tuman sabab qutqaruv ishlari kechikkan bo‘lsa-da, 31 iyul kuni jasod mutaxassislar va dronlar yordamida topilgan.

    'Dollar kursi yana oshdi'ning rasmi

    Bu qiziq 08.08.2025 17:10

    Dollar kursi yana oshdi

    Dollar kursi uch kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 12 593,77 so‘m etib belgilandi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 08.08.2025 00:31

    Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

    Respublikaning ayrim hududlarida harorat 40 darajagacha koʻtariladi.