AsosiyJamiyat

Qibraydagi mashmasha yuzasidan hokimlik munosabat bildirdi

Tarmoqlarda ommalashgan videolarda daraxtlarni kesish ishiga tuman hokimining o‘zi ham borgani aytilgan.

'Qibraydagi mashmasha yuzasidan hokimlik munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumani Botanika mahallasida daraxtlar kesilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holatga Qibray tumani hokimligi munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, mahalladagi yoshlarning taklif va istaklari inobatga olinib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ommaviy sport turlariga keng jalb qilish maqsadida “Tashabbusli byudjet” loyihasining 1-mavsumida, mazkur mahalladagi 2-ko‘p qavatli uyning orqa tarafidagi, qarovsiz bo‘lgan jami maydoni 34 sotix yer maydonini mahalla yoshlari uchun jami 800 kvadrat metrni tashkil etadigan 20x40 maydondagi sun‘iy qoplambli yopiq futbol maydonini qurish loyihasi mahalla yoshlari va aholi hamjihatligida 1327 ta ovoz bilan g‘olib deb topilgan.

Loyiha doirasida 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga yopiq futbol maydonini qurish, hududni ko‘kalamzorlashtirish hamda sayr qilish yo‘laklarini tashkil etish maqsadida ushbu qarovsiz qoldirilgan bog‘dagi 3 tup gilos va 3 tup o‘rik daraxti hamda 1 dona siren‘ butasi (moratoriy joriy qilinmagan) jami 7 dona daraxt tuman Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish bo‘limi mas’ullari ishtirokida tegishli tartibda kesilgan.

Qibray tumani hokimligi bergan munosabatda yozilishicha, ushbu loyihada aholi vakillarining taklif va tavsiyalari ham inobatga olingan.

Hokimlik munosabatida mazkur jarayonlarda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etmaganligi hamda videotasvirga olishda fuqarolarga nisbatan hech qanday tazyiq va to‘siqlar yoki boshqa qonunga xilof xatti-harakatlar bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Tarmoqlarda ommalashgan videolarda daraxtlarni kesish ishiga tuman hokimining o‘zi ham borgani aytilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:52

    Armaniston bosh vaziri 30 yillik turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi

    Арманистон бош вазири Никол Пашинян ва унинг фуқаролик никоҳидаги турмуш ўртоғи Анна Акопян биргаликдаги ҳаётига якун ясаганини маълум қилди.

    'Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:12

    Qoidabuzarligi bilan maqtangan "tuningchi" uzr soʻradi

    O‘zbekiston Premer-ligasining “O‘zbekiston” klubi rahbari Asadbek Jumayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bahsli intervyusidan so‘ng jamoatchilikdan uzr so‘radi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:42

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:20

    'Афғонистон Покистонга қарши ҳарбий амалиёт бошланганини билдирди'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:28

    Афғонистон Покистонга қарши ҳарбий амалиёт бошланганини билдирди

    Amaliy harakatlar Dyurand chizig‘i atrofida boshlanib, janglar olti viloyatda davom etayotgani aytilmogda.