AsosiyJamiyat

Andijonda yashirin "mayning ferma" fosh etildi

Buqoqboshi tumanida joylashgan xonadonda noqonuniy kriptovalyuta qazib olish bilan shugʻullangan fuqaro ushlandi.

'Andijonda yashirin "mayning ferma" fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DHX va IIB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.R. va boshqalar "Shirmonbuloq" mahallasida 5 ta mayning qurilmasini umumiy elektrom tarmog‘iga noqonuniy ulab, 157,9 million so‘mlik elektrom energiyasini talon-taroj qilgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169 va 278-9-moddalari asosida ish ko‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar