AsosiyJamiyat

Tovarni kechiktirib yetkazgan sotuvchi endi penya to‘laydi

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qonunga muhim oʻzgartirish kiritildi — har kechikkan kun uchun tovar narxining 0,5 foiz miqdorida penya toʻlash majburiyati joriy etildi.

'Tovarni kechiktirib yetkazgan sotuvchi endi penya to‘laydi'ning rasmi

2025 yil 31 iyulda qabul qilingan O‘RQ-1078-son Qonun bilan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangiliklarga ko‘ra, agar sotuvchi tovarni kelishilgan muddatda yetkazib bermasa, u har bir kechikkan daqiqa, soat yoki kun uchun tovar narxining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi.

Shartnomada ushbu penya miqdorini 0,5%dan kam qilib belgilash taqiqlanadi. Bu norma jismoniy shaxs – iste’molchilar manfaati yo‘lida joriy etilgan.

Oxirgi yillarda tovar kechikishi bilan bog‘liq shikoyatlar keskin oshgan:

2022 yil – 500 ta murojaat,

2023 yil – 1 373 ta,

2024 yil – 4 213 ta.

Ko‘pchilik holatlar maishiy texnika, mebel va avtomobillar yetkazib berishdagi kechikishlar bilan bog‘liq.

Qonunning maqsadi – fuqarolar huquqlarini samarali himoya qilish, sotuvchilar mas’uliyatini oshirish va adolatli bozor muhitini shakllantirishdir.

    Boshqa yangiliklar