AsosiyJamiyat

Jizzaxda 228 mlrd so‘mlik aksizsiz tamaki mahsuloti fosh etildi

Avval sudlangan shaxs 6 ming quti “Esse change”ni sotish paytida ushlandi.

'Jizzaxda 228 mlrd so‘mlik aksizsiz tamaki mahsuloti fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan, avval sudlangan D.T. ushlangan.

U xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy bahosi 228 million so‘mga teng bo‘lgan 6 000 quti aktsiz markasiz “Esse change” sigaretalarini “Cobalt” avtomashinasida Jizzax shahriga sotish maqsadida olib kelgan.

Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasiga asosan jinoyat ishi ko‘zgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar