AsosiyJamiyat

Samarqandda ayollarni haqoratlagan xodimga jazo qo‘llanildi

Urg‘utda madaniyat bo‘limi rahbariga odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun jazo berildi.

'Samarqandda ayollarni haqoratlagan xodimga jazo qo‘llanildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuvda davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga zid so‘zlar ishlatgani aniqlandi Urgut tumani Madaniyat bo‘limi rahbari D.Atamuradov intizomiy javobgarlikka tortildi.

Madaniyat vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, taxminan 15 kun avval, soat 11:00lar atrofida bo‘lib o‘tgan suhbatda D.Atamuradov hamda bo‘limning to‘rt nafar erkak xodimi ishtirok etgan. Suhbat davomida rahbar tomonidan nojo‘ya so‘zlar ishlatilgani qayd etilgan.

Holat Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari”ga zid deb topildi. Mehnat kodeksiga muvofiq, D.Atamuradovga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilib, kelgusida bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida qat’iy ogohlantirish berildi.

Madaniyat vazirligi barcha soha xodimlaridan odob-axloq qoidalariga rioya qilishni so‘radi.

    Boshqa yangiliklar