Soʻnggi uch yilda sohaga 2 trillion soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirildi, 1 200 dona yangi texnika olindi, 200 ga yaqin tozalash va 290 ta qayta ishlash korxonasi ish boshladi.
Yiliga 14 million tonna maishiy chiqindi hosil boʻlsa-da, qayta ishlash darajasi hozircha 5 foiz.
Chiqindidan energiya olish loyihalari ham yoʻlga qoʻyilmoqda — xitoylik investorlar 6 viloyatda zavod qurmoqda.
Shuningdek, mahallalarga chiqindi texnikasining kelish vaqti online kuzatilishi, maktab va bogʻchalardan ekologik madaniyatni oshirish choralari belgilandi.