AsosiyJamiyat

Endi OTM kontraktini toʻlashda beriladigan soliq imtiyozida yosh cheklovi boʻlmaydi

OTM uchun kontrakt to‘lovi qilinganda farzandning yoshidan qat’iy nazar daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.

'Endi OTM kontraktini toʻlashda beriladigan soliq imtiyozida yosh cheklovi boʻlmaydi'ning rasmi

Solıq qo‘mitasi qarori bilan professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish uchun to‘lanadigan mablag‘larga solıq bo‘yicha beriladigan imtiyoz tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi.

Endi oliy ta’lim muassasalari uchun ota-onalar kontrakt to‘lovi qilganda farzandining yoshidan qat’iy nazar, daromad solig‘idan imtiyoz beriladi.

Solıq kodeksiga muvofiq fuqarolarning solıq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining oliygohlarda o‘zi, farzandlari, shuningdek 26 yoshga to‘lmagan er va xotinining yo‘naltiriladigan to‘lovlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.

Shuningdek, o‘zi, farzandlari yoki er va xotinining o‘qishi uchun mablag‘ to‘laganda solıq chegirmasi ta’lim oluvchiga, uning ota-onalariga hamda yigirma olti yoshga yetmagan rafiqasi yoki eriga beriladi.

    Boshqa yangiliklar