AsosiyJamiyat

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida aviaqatnovlar soni koʻpayadi

Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

'Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida aviaqatnovlar soni koʻpayadi'ning rasmi

Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik bo‘yicha ishchi guruhining ikkinchi konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi aviatsiya ma’murlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ushbu qadam transport qulayligini rivojlantirish, ishbilarmonlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, ikki davlatning sayyohlik jozibadorligini oshirishga qaratilgan.

Erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, ikki davlatning tayinlangan tashuvchilariga Olma-Ota – Toshkent va Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishlarining har biri bo‘yicha haftasiga 42 tagacha reysni amalga oshirishga ruxsat berildi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda haftasiga 7 tagacha reys bajarishga ruxsat etildi.

Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi barcha kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirgan taqdirda, parvozlarning ruxsat etilgan chastotasi haftasiga 238 ta reysni tashkil etadi.

Shuningdek, tomonlar mamakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun belgilangan manzillar sonini ko‘paytirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Boshqa yangiliklar