AsosiyJamiyat

Bugun harorat 38 darajagacha ko‘tariladi

17 avgust kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

'Bugun harorat 38 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

Oʻzgidrometning xabar berishicha, 17 avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-gʻarbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-tuzonlari bilan birga sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-21 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-gʻarbdan esa yogʻayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-tuzonlari bilan birga sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shimoli-gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Baʼzi joylarda shamolning tezligi chang-tuzonlari bilan birga sekundiga 13-16 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 18-23 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Chang-tuzonlari kuzatiladi. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 33-38 daraja issiq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, ayrim joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqdan esa yogʻayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-gʻarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi chang-tuzonlari bilan birga sekundiga 12-15 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 19-24 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqdan esa yogʻayotgan shamol oʻz yoʻnalishini oʻzgartirib, shimoli-gʻarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 19-24 daraja iliq boʻladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzahdagi maktabda pora olayotgan mutasaddi qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:27

    Jizzahdagi maktabda pora olayotgan mutasaddi qo‘lga tushdi

    Mas'ul maktabdagi bo‘sh ish o‘rnini egallashi uchun fuqarodan pora talab qilgan.

    'Qozog‘istonda og‘ir ahvolda qolgan 3 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:21

    Qozog‘istonda og‘ir ahvolda qolgan 3 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

    Hozirda ushbu fuqarolarni vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

    '"Uyni koʻrmay, oldindan toʻlov qilmang!"'ning rasmi

    Jamiyat 16.08.2025 21:19

    "Uyni koʻrmay, oldindan toʻlov qilmang!"

    Toshkent shahar IIBB talabalar va ularning ota-onalarini firibgarlardan ogohlantirmoqda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 16.08.2025 20:10

    'Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida aviaqatnovlar soni koʻpayadi'ning rasmi

    Jamiyat 16.08.2025 17:27

    'Mug‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh qo‘y olib kelinadi'ning rasmi

    Jamiyat 16.08.2025 15:07

    Mug‘ulistondan O‘zbekistonga 100 ming bosh qo‘y olib kelinadi

    Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi boshchiligidagi ishchi gurux Mo‘g‘ulistonga xizmat safari uyushtirdi.