Jizzax viloyati Forish tumani hokimi oʻrinbosari oʻzining mansab mavqeidan foydalanib, joriy yilning iyun oyida qishloq xoʻjaligi sohasiga ixtisoslashgan MChJ tomonidan auktsion savdolari orqali yutilib olingan 204 gektar sugʻoriladigan yer maydonini tuman hokimligi zahirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSh dollarini talab qiladi, deya xabar bermoqda DXX axborot xizmati.
Xabarga koʻra, soʻralgan 30 ming dollardan hozir 20 ming AQSh dollarini berishini, qolgan 10 ming AQSh dollarini esa hosil yigʻimidan soʻng berishi kerakligini aytadi. Hokim oʻrinbosari soʻralgan pul mablagʻidan 20 ming AQSh dollarini oʻzining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi koʻzgatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi.