AsosiyJamiyat

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan 100 dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga olib kelinadi

Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshlarimizga, shu jumladan, xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

'Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lgan 100 dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga olib kelinadi'ning rasmi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari yurtimizga olib kelinadi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Mazkur insonparvarlik ko‘magi O‘zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" loyihasi doirasida mamlakatimiz Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi ko‘magida amalga oshirilayapti.

Aksiyasi doirasida Sankt-Peterburg shahrida og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan 100 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga Vatanga qaytish sertifikatlari va aviachiptalar taqdim etildi. Ular 18 avgust kuni O‘zbekistonga kuzatib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 33 nafar yurtdoshamizga, shu jumladan, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida bo‘lgan va og‘ir moddiy ahvolda qolgan vatandoshlarga moddiy yordam ko‘rsatildi.

    Boshqa yangiliklar