18 avgust kuni soat 21:40 da Bo‘ka tumani hududidan o‘tgan yer osti yuqori bosimli gaz quvuriga avtotransport vositasi — ekskavator urilishi oqibatida tumandagi barcha iste’molchilarga tabiiy gaz etkazib berish to‘xtatildi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, gaz ta’minotisiz qolganlar orasida 12 512 ta xonadon va 267 ta yirik iste’molchi bor.
Gaz ta’minoti xodimlari hozirda ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Ishlar tugagach, gaz ta’minoti qayta tiklanishi ma’lum qilindi.