Oq uyda o‘tgan muzokaralarda Kievning hech qanday hududdan voz kechishi haqida so‘z ham bo‘lmaganini aytgan Makron, "Bu umuman muhokama qilinmadi. Biz bu mavzudan juda uzoqdamiz", — deydi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina kelajakda Rossiya bilan tuziladigan har qanday tinchlik kelishuvida o‘z armiyasini qisqartirishga yoki kuchini cheklashga majbur emas.
Aksincha, Donald Trump va Yevropa yetakchilari ham Ukraina "har qanday hujumga qarshi tura oladigan kuchli armiya" bo‘lishi shartligini ma’qullagan.
Shuningdek, Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinchlikka qadam tashlamasa, sanktsiyalar yanada kuchaytirilishini ochiq bayon qildi:
"Agar bu jarayonga javob inkor bo‘lsa, sanktsiyalarni keskinlashtirish zarurligini aytamiz", deydi u.