AsosiyJamiyat

“Open budget”ning targ‘ibot bosqichiga start berildi

2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 ming 623 ta taklif kelib tushgan hamda 18 ming 656 ta taklif saralash bosqichidan o‘tkazilgan.

'“Open budget”ning targ‘ibot bosqichiga start berildi'ning rasmi

Bugun, 19 avgustdan boshlab  “Ochiq byudjet” portalida “Tashabbusli byudjet” jarayonlarining 2025 yilgi 2-mavsumi doirasida saralash bosqichi yakunlandi hamda targ‘ibot bosqichiga start berildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2-mavsum doirasida fuqarolar tomonidan 22 ming 623 ta taklif kelib tushgan hamda 18 ming 656 ta taklif saralash bosqichidan o‘tkazilgan. Saralashdan o‘tgan loyihalar uchun 3 kunlik targ‘ibot bosqichi o‘tkaziladi.

Bunda tashabbuskorlar saralashdan o‘tgan loyihalarni targ‘ib qilish orqali ovoz berish bosqichiga tayyorgarlik ko‘radi. Ma’lumot uchun,  loyiha kiritish bosqichi – 15 iyul -3 avgust, saralash bosqichi – 4-18 avgust, targ‘ibot bosqichi – 19-21 avgust, ovoz berish bosqichi – 22-31 avgust kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Joriy yildagi 2-mavsum g‘oliblari 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami kuni e’lon qilinadi. 

    Boshqa yangiliklar