AsosiyDunyo

Slovakiya va Vengriyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi

Hozirda "Drujba" quvurining janubiy yo‘nalishi orqali Rossiya neftini faqat Vengriya va Slovakiya xarid qilmoqda.

'Slovakiya va Vengriyaga neft yetkazib berish qayta tiklandi'ning rasmi

"

"Drujba" neft quvuri orqali Rossiyadan Yevropaga neft yetkazib berish qayta yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Vengriya va Slovakiya 19 avgust kuni kechqurun ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 avgust tongida Ukraina armiyasi Tambov viloyatidagi "Nikolskoye" neft quvur stantsiyasiga zarba berishi ortidan neft quvirida ish to‘xtab qolgan edi. Moskva esa transformator stantsiyasi qisqa muddatda tiklanishini bildirgan.

Hozirda "Drujba" quvirining janubiy yo‘nalishi orqali Rossiya neftini faqat Vengriya va Slovakiya xarid qilmoqda. Urush boshlanaganidan beri quvurda bir necha bor neft yetkazib berish uzilib qolgan.

    Boshqa yangiliklar