AsosiyDunyo

Ukraina 3 ming km masofaga uchuvchi “Flamingo” raketasini sinovdan o‘tkazdi

Zelenskiy: “Bu raketa dasturimizdagi eng muvaffaqiyatli loyiha bo‘ldi”

'Ukraina 3 ming km masofaga uchuvchi “Flamingo” raketasini sinovdan o‘tkazdi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 20 avgust kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda mamlakatda ishlab chiqarilgan “Flamingo” uzoq masofali qanotli raketasi sinovdan muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi.

DW'ning yozishicha, ushbu raketaning uchish masofasi 3 ming kilometrni tashkil qiladi.

Zelenskiy bu raketa Ukraina raketa dasturi doirasidagi “eng muvaffaqiyatli loyiha” bo‘lganini ta’kidladi. Unging so‘zlariga ko‘ra, “Flamingo” haqida to‘liq ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmaydi — faqatgina bu raketalardan yuztasi amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgach, tafsilotlar berilishi mumkin.

Massaviy ishlab chiqarish esa 2025 yil dekabrida yoki 2026 yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar