AsosiyDunyo

Rossiya yana Ukraina hududiga zarha berdi

Qurbonlar bor.

'Rossiya yana Ukraina hududiga zarha berdi'ning rasmi

Rossiya qoʻshinlarining Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyatining ikki tumanini oʻqqa tutishi natijasida toʻqqiz kishi yaralandi, bir kishi halok boʻldi. 

Bu haqda viloyat hokimligi rahbari Sergey Lisak Telegramʼdagi kanalida maʼlum qildi.

"Bugun Sinelnikiyshchinada dushman zarbalari natijasida 9 kishi yaralandi. Afsuski, bir kishi halok boʻldi. Oila va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz", - deb yozadi u.

Lisakning soʻzlariga koʻra, dronlar va UAB hujumlari vaqtida hududda jami 7 ta xususiy uy va mikroavtobus zarar koʻrgan.

"Nikopol viloyati ham zarar koʻrdi. Dushman Nikopol, Marganets, Pokrovsk, Chervonogrigoryevsk qishloqlariga zarba berdi. Ular FPV-dronlari va artilleriyadan foydalanishdi. Gaz quvuri va elektr uzatish liniyasiga zarba berishdi. Odamlar jabrlanmagan", - deya xulosa qildi u.

    Boshqa yangiliklar