AsosiyDunyo

Пик Победа чўққисида қолиб кетган россиялик альпинистини қутқариш яна кечиктирилди

7200 metr balandlikda yotgan Natalya Nagovitsina holatini aniqlish uchun rejalashtirilgan dron parvazi ob-havo sabab bekor qilindi.

'Пик Победа чўққисида қолиб кетган россиялик альпинистини қутқариш яна кечиктирилди'ning rasmi

Rossiyalik alpinist Natalya Nagovitskina 12 avgustdan beri Pik Pobeda choʻqqisida, taxminan 7200 metr balandlikda harakatsiz holatda qolmoqda. Uning oyogʻi singan va u harakatlana olmaydi. 25 avgust kuni holatini aniqlash maqsadida dron yuborilishi kerak edi, biroq ogʻir ob-havo tufayli bu reja amalga oshmadi. Rossiya Alpinizm federatsiyasi vakili Aleksandr Yakovenkoga koʻra, qachon yana urinish boʻlishi nomaʼlum. Maʼlumotlarga koʻra, Nagovitskina bilan bir guruhda harakatlangan italiyalik alpinist unga yegulik, issiq kiyim va gaz yetkazgan, biroq u ham choʻqqi yaqinida vafot etgan — ehtimol, miya shishi sababli.

    Boshqa yangiliklar