Xitoy olimlari dunyoda ilk bor insonga choʻchqaning oʻpkasini koʻchirib oʻtkazdi. Bu haqda “Nature Medicine” xabar berdi.
Bildirilishicha, tajriba Guangjoudagi tibbiyot markazida oʻtkazilgan. Oʻpka qon quyilishi oqibatida miyasida oʻlim qayd etilgan 39 yoshli erkak retsipientga koʻchirib oʻtkazilgan. Bu sharoyit shifokorlarga etik meʼyorlarni buzmasdan va iloji boricha haqiqiy holatga yaqin sharoyitda qimmatli maʼlumot olish imkonini bergan.
Operatsiyadan soʻng erkak toʻqqiz kun tirik holda saqlanib, rad etilishi yoki infektsiya belgilari kuzatilmagan. Ammo shifokorlar transplantant disfunksiyasini eslatuvchi ogʻir shish kuzatilgan.
“Garchi bu tadqiqot choʻchqa oʻpkasini insonga ksenotransplantatsiya qilish imkoniyatini koʻrsatsa-da, organni rad etish va infektsiya bilan bogʻliq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda va bu usulni klinik amaliyotga joriy etish uchun qoʻshimcha tadqiqotlar zarur”, — deyiladi xabarda.