Amerikaning SpaceX kompaniyasi tarixdagi eng yirik kosmik kema prototipiga ega raketani o‘ninchi marta uchirishni muvaffaqiyatli yakunladi. Kompaniya bu oldinga tashlangan muhim qadam ekanligi aytgan. Ma’lum qilinishicha, 26 avgust kuni jonli efir X ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazildi. SpaceX “asosiy maqsadga erishildi” va parvoz “dunyodagi birinchi to‘liq qayta foydalanish mumkin bo‘lgan raketani ishlab chiqishda oldinga muhim qadam” ekanligini ta’kidladi. Ilon Mask kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Super Heavy raketa kuchaytirgichi Starshipni uchirish uchun ishlatilgan. U kemadan ajralib chiqdi va rejalashtirilganidek, Meksika qirg‘og‘ida parvozni yakunladi.