AsosiySiyosat

Iqlimdan turizm gacha: O‘zbekistonning SHTdagi yo‘nalishlari ochiqlandi

Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlash maqsadida bir qator yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

'Iqlimdan turizm gacha: O‘zbekistonning SHTdagi yo‘nalishlari ochiqlandi'ning rasmi

Oʻzbekiston ShHT doirasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan say-harakatlarni izchil davom ettirmoqda.

Iqlim oʻzgarishlari — mamlakat iqtisodiyotni dekarbonlashtirish, “toza” texnologiyalarni joriy etish, suv resurslaridan oqilona foydalanish va “aqlli” qishloq xoʻjaligini rivojlantirish orqali sheriklikni kengaytirayapti.

Agrar sohasi — qoʻshma loyihalar, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va infratuzilmani rivojlantirish orqali oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanmoqda.

Raqamlashtirish — raqamli iqtisodiyot, bulutli hisoblamlar, katta maʼlumotlar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda yagona raqamli makon yaratish yoʻnalishlarida qoʻshma tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Turizm — Oʻzbekiston ShHT mamlakatlari va sheriklarining yetakchi turoperatorlari hamda aviakompaniyalari oʻrtasida hamkorlikni kuchaytirish orqali mintaqaviy turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.

ShHT doirasidagi bu tashabbuslar “Shanxay ruhi” asosida barqaror taraqqiyotga xizmat qilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar