Prezident Shavkat Mirziyoyev Kunar va Nangarhor viloyatlarida sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida koʻplab afgʻon fuqarolari halok boʻlgani va jarohat olgani munosabati bilan Afgʻoniston rahbariyatiga hamdardlik bildirdi.
Rasmiy bayonotda Prezident halok boʻlganlarning yaqinlariga chuqur tasalli, jabrlanganlarga esa tez fursatda shifo tilagan.
Afgʻonistondagi tabiiy ofat oqibatlari va koʻrilgan choralar haqida toʻliq rasmiy maʼlumotlar hozircha eʼlon qilinmagan.