AsosiySiyosat

Mirziyoyev Guterresh bilan ham uchrashdi

New Yorkda qanday kelishuvlarga erishildi?

'Mirziyoyev  Guterresh bilan ham uchrashdi'ning rasmi

23 sentabr kuni Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashkilot Bosh kotibi António Guterresh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, global muammolarga qarshi kurashish va yangi texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Ayni paytda O‘zbekiston va BMT hamkorligi doirasida 160 dan ziyod loyiha amalga oshirilmogda. Joriy yil oktyabrida esa besh yillik yangi Hamkorlik dasturi imzolanishi kutilmogda.

António Guterresh Prezident Mirziyoyevning BMT minbaridan so‘zlagan nutqini yuqori baholab, uning raqamli texnologiyalar, yoshlar, ma’rifatparvar islom, hamda global barqarorlik borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida yangi dasturlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Boshqa yangiliklar