AsosiyDunyo

Rossiyaning eng badavlat ayollari o`ntaligi (Foto)

Forbes jurnalining versiyasiga ko`ra, 2016 yil aynan quyidagi rossiyalik ayollar o`ntaligi uchun juda “serhosil” kelgan, deb xabar berdi “Onedio.ru”  nashri. 

Marhamat, ular bilan tanishing!

1. Elena Baturina, Inteco Management kompaniyasi prezidenti
Boyligi: $1100 mln.
Yoshi: 53 da
Moskva sobiq meri Yuriy Lujkovning rafiqasi bo`lgan Elena Baturina Rossiya, Avstriya, Chexiya, Irlandiyada mehmonxona biznesi bilan shug`ullanadi, ko`chmas mulk investori.

2. Elena Rbolovleva, xususiy investor
Boyligi: $600 mln.
Yoshi: 49 da
Elena bu ro`yxatga turmush o`rtog`i Dmitriy Rbolovlevdan ajrashganiligi tufayli kiritildi. U ajrimdan keyin salmoqli mablag`ga ega bo`ldi.

3. Tatyana Bakalchuk,  Wildberries internet do`koni bosh direktori 
Boyligi: $500 mln.
Yoshi: 40 da
Sobiq ingliz tili o`qituvchisi bo`lgan Tatyana  turmush o`rtog`i bilan Rossiyadagi eng katta kiyim-kechak internet do`konini boshqaradi. Bu juftlik 2004 yilda Otto va Quelle nemis katologi asosida ish boshlagan bo`lsa, hozirda kompaniyaning 7500 nafar xodimi bor. Tatyana emizikli bolasi bilan ish boshlagan edi, ayni paytda uch farzandning onasidir.

4. Olga Belyavseva,  “Progress Kapital”direktorlar kengashi a`zosi
Boyligi: $400 mln.
Yoshi: 46 da
Olga o`z karerasini 1990 yillarda konserva zavodida oddiy ishchilikdan boshlagan. Keyinchalik privatizasiya qilingan korxonaning bosh iqtisodchisi vazifasida ishladi va “Assol” firmasiga asos soldi. U turmush o`rtog`i Nikolay Borsov, o`g`li Yuriylar bilan birga aksiyadorlik kompaniyasi aksioneri hisoblanadi

Natalya Lusenko, sovladeles GK "Sodrujestvo"

5. Natalya Lusenko, “Sodrujestvo”kompaniyalar guruhi hamkori 
Boyligi: $325 mln.
Yoshi: 60 da
“Sodrujestvo” kompaniyalar guruhi asoschisi va hamkori bo`lgan Natalya turmush o`rtog`i Aleksandr bilan 1994 yilda em-ozuqa biznesini yo`lga qo`ygan.

Irina Abramovich, chastny investor

6. Irina Abramovich, xususiy investor
Boyligi: $300 mln.
Yoshi: 49 da
Turmush o`rtog`i  Roman Abramovich bilan ajrashgan Irina 150 million dollarni, Londondagi uch uyni, Angliyadagi pomesteni qo`lga kiritdi. Ular 16 yil davomida birga yashashgan. Ilgari styuardessa bo`lib ishlagan Irina erining Roman Abramovich bo`lib tanilishda juda katta hissa qo`shgan.

Evgeniya Gureva, chlen pravleniya blagotvoritelnogo fonda Andreya Gureva

7. Evgeniya Gureva, “Andrey Gurev” xayriya jamg`armasi boshqaruvi a`zosi
Boyligi: $260 mln.
Yoshi: 58 da
Rossiya va Evropada ishlab chiqariladigan fosforli ozuqlar “FosAgro” paketi aksiyalari sohibasi.

Mariya Sharapova, tennisistka

8. Mariya Sharapova, tennischi
Boyligi: $260 mln.
Yoshi: 29 da
Besh marotaba tennis bo`yicha jahon chempioni Mariya Sharapova nafaqat sport bilan shug`ullanadi,  balki Shugarpova brendi bilan turli shirinliklar ishlab chiqaradigan korxona asoschisi hamdir.

Natalya Kasperskaya, generalny direktor GK InfoWatch

9. Natalya Kasperskaya,  InfoWatch kompaniyasi bosh direktori
Boyligi: $240 mln.
Yoshi: 50 da
Natalya axborot texnologiyalari sohasidagi karerasini 1994 yilda oddiy sotuvchilikdan boshlagan. Oradan uch yil o`tib, u turmush o`rtog`i Evgeniy Kasperskiyni Kaspersky Labs kompaniyasiga asos solishga undadi. Oradan ikki yil o`tgach, u turmush o`rtog`i bilan ajrashdi. Hozirda Kasperskaya  InfoWatch  kompaniyasini boshqaradi.

Natalya Fileva, vladeles S7

10. Natalya Fileva,  S7 sohibasi
Boyligi: $190 mln.
Yoshi: 53 da
1997 yilda er-xotin Natalya va Vladislav Filevlar “Sibir” aviakompaniyasining aksiyalarini sotib olgan edi. 2016  yilning mart oyida  Vladislav Filev Kiprda Charlie Airlines  Evropa avialiniyasini tashkil qildi.

Boshqa yangiliklar