AsosiyJamiyat

Bloger Real Sanjik ҳовлисини болалар уйига хайрия қилмоқчи бўлганига изоҳ берилди

Bloger avvalroq xabar qilingan Toshkentda bo‘lajak quyon kelindan aldov yo‘li bilan olib qo‘yib, unga sotgan hovlini hadya qilmoqchi bo‘lgan.

'Bloger Real Sanjik ҳовлисини болалар уйига хайрия қилмоқчи бўлганига изоҳ берилди'ning rasmi

Bloger Sanjar Karimovning (Real Sanjik) bolalar uyiga hovli hadya qilmoqchi ekani to‘g‘risidagi xabarlariga Ijtimoiy himoya milliy agentligi izoh berdi.

Joriy yil 24 oktyabr kuni Sanjar Karimov 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurib, mazkur hovlini tekin foydalanishga berish niyati haqida ariza qoldirgan.

Unga mehribonlik uylari to‘liq davlat ta’minotida bo‘lib, ota-ona qaramo‘g‘idan mahrum bo‘lgan bolalar belgilangan tartibda uy-joy, oqatlanish, kiyim-kechak, ta’lim va tibbiy xizmat bilan ta’minlanishi ma’lum qilingan.

Bundan tashqari, turar joyni topshirishga oid notarial tasdiqlangan hujjatlar taqdim etilmagan.

"Agentlik bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday ezgu tashabbuslarga hurmat bilan qaraydi. Biroq shuni ta’kidlash joizki, davlat muassasalariga ko‘chmas mulk yoki boshqa moddiy yordam shakllarini topshirish zarur emas", deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar