AsosiyDunyo

Amerikalik 4-sinf o`quvchilari matematik “Bo`lish, ko`paytirish”ni xip-xop raqsi yordamida amalga oshirmoqda

AQShning Florida shtatidagi Jeksonvill shahrida yashovchi o`qituvchi Nadin Ebri 4-sinf o`quvchilariga bo`lish, ko`paytirishni o`rgatish maqsadida yangi innovasion uslubni o`ylab topdi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri. 

Dars paytida suratga olingan shunday videolardan birini o`qituvchi o`zining “Fesbuk” sahifasiga joylashtirdi. Unda doska yonida qizg`in raqsga tushayotgan qizni, unga misol echishda yordam berib, jo`r ovozda kuylayotgan o`quvchilarni ko`rish mumkin.

Bolalar “Bo`l, ko`paytir, ayir, qo`sh”, deb kuylamoqda.

Ebri bunday metodika haqiqatan ham sinfda davomatning ko`tarilishiga yordam berayotgani, bolalar hamma narsani qo`shiq qilib kuylashga o`rganishgani haqida gapirdi.

Boshqa yangiliklar