AsosiySport

"Real Madrid" — klublar o`rtasidagi JCh g`olibi!

Klublar o`rtasidagi jahon chempionati finalida "Real Madrid" jamoasi Yaponiya chempioni "Kashima Antlers" klubiga qarshi kuch sinashib, qiyinchilik bilan g`alaba qozondi va bosh sovrinni qo`lga kiritdi. 

Birinchi bo`limning 9-daqiqasida "Real" hujumchisi Benzema hisobni ochgach, "Real" osonlik bilan g`alaba qozonadigandek tuyulgan edi. Ammo keyinchalik Sibasaki ikkita gol kiritdi va yaponlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

60-daqiqada Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirgach, asosiy vaqtda boshqa gol urilmadi. Qo`shib berilgan bo`limda Ronaldu yana ikkita gol urdi va jamoasining g`alabasini ta`minlab berdi.

Klublar o`rtasidagi JCh. Final

Real MadridKasima Antlers” - 4:2 (1:1, 1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Benzema, 1:1 – 44 Sibasaki, 1:2 – 52 Sibasaki, 2:2 – 60, penalti Ronaldu, 3:2 – 97 Ronaldu, 4:2 – 104 Ronaldu. 
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Nacho, 108), Modrich (Kovachich, 105), Kazemiro, Kroos, Vaskes (Isko, 81), Ronaldu (Morata, 112), Benzema.
Kasima Antlers – Sogaxata, Ueda, Yamamoto, Nisi, Sedzi, Doi (Sudzuki, 88), Endo (Ito, 103), Kanadzaki, Ogasavara (Fabrisio, 68), Nagaki (Akasaki, 114), Sibasaki.
Ogohlantirishlar: Ramos (55), Yamamoto (58), Fabrisio (93), Kazemiro (100), Karvaxal (102).

Boshqa yangiliklar