AsosiySport

Jude Bellingham Chempionlar ligasi tarixida rekord o'rnatdi

Angliyalik futbolchi Chempionlar ligasida 50 ta o‘yin o‘tkazgan eng yosh futbolchiga aylandi.

'Jude Bellingham Chempionlar ligasi tarixida rekord o'rnatdi'ning rasmi

“Liverpul”ga qarshi kecha bo‘lib o‘tgan bahsda 22 yosh 128 kunlik Bellingham maydonga tushib, Iker Kasilyasning 22 yosh 155 kunlik rekordini yangiladi. Garchi “Real Madrid” usbu o‘yinda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, Bellingham jamoasining eng faol o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

Bellingham joriy mavsumda 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

U “Real Madrid” yarim himoyasining asosiy figuralaridan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar