Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman suda ko‘rilayotgan ish doirasida Surxondaryoda ro‘yxatdan o‘tgan to‘qimachilik MChJsiqa 8,7 mlrd so‘mlik qo‘shimcha soliq hisoblanganani ma’lum bo‘ldi. Sudning qayta taftish o‘tkazish haqidagi ajrimidan keyin, mazkur jarayonni olib borgan Soliq auditi bo‘limi bosh inspektori qo‘shimcha soliqni bekor qilib berishini aytgan holda MChJ vakillaridan 5 ming dollar olgan.
Biroq u hisoblangan 8,7 mlrd so‘mni bekor qila olmagan. Shu bois olgan porasi – 5 ming dollarni MChJ vakillariga qaytarib bermoqchi bo‘lgan paytida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Inspektorga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi “v” bandi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.






