1

Rauf Inileev Toshkentning “Obod” klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sport 20.12.2016, 10:24
Teglar: Futbol, Sport
Rauf Inileev Toshkentning “Obod” klubiga bosh murabbiyi etib tayinlandi

2007 – 2008 yillarda O`zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan Rauf Talgatovich Inileev Toshkentning “Obod” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma`lum qildi, deb xabar bermoqda O`FF.

“Obod” 2016 yilgi mavsumda Oliy ligada debyut mavsumini o`tkazdi. Chempionatni 14-o`rinda yakunlangan toshkentliklar elitadagi o`z o`rnini saqlab qoldi. Mavsum davomida jamoada uch bor bosh murabbiy almashib, Bobur Zuxriddinov, Aleksandr Mochinov hamda Jafar Irismetov ish olib bordi.

Klub rasmiy saytida jamoaga yangi murabbiy tayinlangani haqidagi xabarda shunday deyiladi: “Obod” yangi mavsumga yangi bosh murabbiy bilan tayyorgarlik ko`radi. Tajribali mutaxassis, o`z vaqtida O`zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan, “Osiyoning eng yaxshi murabbiyi”, deya tan olingan Rauf Inileev jamoamiz bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi”.

Sharhlar

Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Futbol bo`yicha 2026 yilgi jahon chempionati formati tasdiqlanmoqda

15.03.2023, 11:00

FIFA navbatdagi jahon chempionati formati borasida qaror qabul qildi va uni tasdiqlashga yaqin turibdi, deya yozdi "zamon.uz".Bu 48 ta jamoa ishtirok etadigan birinchi jahon chempionati...
Italiya futboli yulduzlari Toshkentga keladi

07.05.2022, 09:03

Xabaringiz bor 17-18 may kunlari Toshkentda Italiya va O`zbekiston futboli afsonalari uchrashuvi o`tkazilishi rejalashtirilgan. O`zbek futbolining 110 yilligiga bag`ishlab o`tkazilayotgan ushbu o`yinda uzoq yillar davomida...
“Lokomotiv” bosh murabbiyi Sekeyra: “Bu tizim bilan O`zbekiston MTJ hech qachon jahon chempionatiga bormaydi”

23.10.2021, 22:16

Superliganing 23-turidan o`rin olgan "Qo`qon-1912" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirib o`tdi.Portugaliyalik mutaxassis o`yindan keyin o`zbek futbolidagi tizimni keskin...
“Qayrat” jamoasi a`zolari joy olgan samolyot halokatga uchradi

22.10.2021, 14:47

Bortida Olmaotaning “Qayrat” klubi futbolchilari va murabbiylar shtabi bo`lgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Vesti.kz xabar bermoqda.Qayd etilishicha, baxtsiz hodisa Olmaota xalqaro aeroportida ro`y bergan. FlyJet...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1