Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirabod tuman sudida Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi va 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida ushlangan S. K. ga (1990 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Finans invest” KSB ta’sischi) nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.
Bildirilishicha, sudning bugun, 28 noyabrdagi ajrimi bilan Toshkent shahar prokurori birinchi o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, ayblanuvchi S. K. ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.
Shuningdek, Toshkent shahar IIBQ huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov jarayonida fuqaro Sh.R. boshqa fuqarolarga nisbatan ham bir nechta firibgarlik holatlarini sodir etganligi aniqlangan.
Joriy yilning 21 noyber kuni mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni yakunlandi. Unga ko‘ra, Sh.R. Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.






