AsosiyShou-biznes

Munojot Yo`lchieva va Muyassar Razzoqovalar foniatr yordamini yuqori baholashdi (Foto)

O`zbekiston davlat Konservatoriyasida Tibbiyot fanlari nomzodi, Evropa Foniatrlar uyushmasi, Rossiya “Golos” akademiyasi, Rossiya otorinolaringologlar uyushmasi a`zosi Kamola Sultanova ishtirokida ijodiy-amaliy uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Uchrashuv davomida Kamola Sultonova talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga ilmiy asoslar bilan javob qaytarish bilan bir qatorda ovozidan shikoyati bor talabalarni ham ko`rikdan o`tkazib kerakli tavsiya va ko`rsatmalar berdi. 

Qayt etish joizki, Kamola Sultonovaning berayotgan tavsiyalari hamda ko`rsatayotgan amaliy yordamini O`zbekiston xalq artistlari Munojat Yo`lchieva hamda Muyassar Razzoqovalar juda ham yuqori baholashdi. 

Ijodiy uchrashuv O`zbekiston davlat Konservatoriyasi hamda “Uni medical care” klinikasi bilan hamkorlikda tashkillashtirildi.

Foniatr qanday kasb?

Jonli ijroda konsert dasturlarini o`tkazadigan xonandalarda foniatrlarning xizmatiga ehtiyojlari juda ham katta. Foniatr ovoz buzilishlarini davolab, uning imkoniyatlarini kengaytirish usullarini o`rganib, amaliy choralar ko`radigan kasbdir.

Boshqa yangiliklar