Germaniyaning Gessen federal okrugi markazi hisoblangan Visbaden shahrida noma`lum shaxs odamlarga qarata o`q uzdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Nashrning xabar berishicha, ikki kishi yaralangan, bir kishi halok bo`lgan. O`q uzgan shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Polisiya “Tutish” tadbirini e`lon qildi va qo`shimcha kuch, vertolyotlarni qidiruvga jalb etdi. Hozircha hodisa tafsiloti haqida to`liq ma`lumot yo`q.





