AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga oʻtadi

30 dekabrdan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchaları uzluksiz ishlay boshlaydi.

'Oʻzbekistonda barcha metan zapravkalar 24 soatlik ish rejimiga oʻtadi'ning rasmi

30 dekabrdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari 24 soatlik ish rejimiga o‘tadi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, metan zapravkalar soat 09:00 dan ish boshlaydi va sutka davomida xizmat ko‘rsatadi. Yangi ish tartibi avtotransport egalariga o‘zlari uchun qulay vaqtda, navbatlarsiz yoqilg‘i quyish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq aholi xonadonlari va ijtimoiy ob’ektlarda tabiiy gaz bosimi pasayishining oldini olish maqsadida metan zapravkalar faoliyati vaqtincha cheklangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Uzbekistan Airways’ning ikkita reysi Urganchga qo‘na olmadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:12

    Uzbekistan Airways’ning ikkita reysi Urganchga qo‘na olmadi

    Noqulay ob-havo sabab Moskva va Sankt-Peterburgdan kelgan reyslar Buxoroga yoʻnaltirildi.

    'Bayram kunlarida Toshkent metropolisi va avtoturargohlarda ish tartibi o‘zgaradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:34

    Bayram kunlarida Toshkent metropolisi va avtoturargohlarda ish tartibi o‘zgaradi

    Yangi yil arafasida metro uzaytirilgan rejimda ishlaydi, avtoturargohlar esa bir necha kun bepul bo‘ladi.

    'Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:29

    Ijtimoiy soliq tushumlarini taqsimlash tartibi tasdiqlandi

    2026 yildan ijtimoiy soliq mablag‘lari pensiya, ijtimoiy sug‘urta va bandlik jamg‘armalari o‘rtasida belgilangan ulushlarda taqsimlanadi.

    'Trump Putin bilan navbatdagi telefon suhbatini o'tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:57

    Trump Putin bilan navbatdagi telefon suhbatini o'tkazdi

    Rahbarlar Ukraina masalasi yuzasidan ijobiy mulogot olib borgan.

    'Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisining noqonuniy harakati fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat 29.12.2025 16:36

    Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisining noqonuniy harakati fosh etildi

    U qarz undirib berish evaziga 4 ming dollar talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Ichimlik suvi narxi oshirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 29.12.2025 16:26

    Ichimlik suvi narxi oshirilishi mumkin

    Suv tannarxi bilan amaldagi tariflar o‘rtasidagi farq kengayib bormoqda, bu esa tizimni moliyaviy bosim ostida qoldirmoqda.