AsosiyDunyo

Germaniyada Usmonovga nisbatan ikkinchi jinoyat ishi ham yopildi

Germaniya prokuraturasi tadbirkor Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalarni buzish bo‘yicha olib borilgan ikkinchi tergovni to‘xtatdi va unga qo‘yilgan ayblovlarni bekor qildi.

'Germaniyada Usmonovga nisbatan ikkinchi jinoyat ishi ham yopildi'ning rasmi

Myunxen prokuraturasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalarini buzish gumoni bilan ochilgan ishni yopish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Usmonov ish doirasida aybini tan olmagan, biroq Germaniya qonunchiligiga muvofiq xayriya maqsadida ixtiyoriy to‘lov amalga oshirgan. Uning advokatlari bildirishicha, ushbu epizod bo‘yicha tergovni qayta tiklash mumkin emas va biznesmenga nisbatan aybsizlik prezumptsiyasi saqlanib qoladi.

Tergov organlari Usmonovni 2022 yilda Germaniyadagi ko‘chmas mulk ob’yektlarini qo‘riqlash xizmatlari uchun to‘lov qilganlikda hamda ayrim aktivlarni deklaratsiya qilmaganlikda gumon qilgan. Himoya tomoni esa uning bu kompaniyalar va mulkka aloqadorligini rad etgan. Natijada ish dalillar yetarli emasligi sababli tugatilgan.

Bu Usmonovga nisbatan Germaniyada to‘xtatilgan ikkinchi tergov bo‘lib, avvalroq unga nisbatan pul yuvish gumoni bilan ochilgan ish ham ayblovsiz yopilgan edi.

    Boshqa yangiliklar