AsosiyBu qiziq

Bir yilda dollar milliarderlari soni qariyb 300 nafarga koʻpaydi

So‘nggi bir yil ichida dunyoda dollardagi milliarderlar soni 287 nafarga oshib, kuzatuvlar tarixidagi eng yirik o‘sishlardan biri qayd etildi.

'Bir yilda dollar milliarderlari soni qariyb 300 nafarga koʻpaydi'ning rasmi

Shveytsariyaning UBC banki e'lon qilgan tadqiqotga ko'ra, 2025 yil apreligacha bo'lgan bir yil ichida dunyodagi milliarderlar soni 2919 kishiga yetgan. Ularning umumiy boyligi o'tgan yilga nisbatan 13 foizga o'sib, 15,8 trillion dollarni tashkil etgan.

Ma'lum qilinishicha, yangi milliarderlarning 91 nafari boylikni meros orqali qo'lga kiritgan bo'lib, meros sifatida o'tgan mablag'lar hajmi 298 mlrd dollarga teng. Yaqin 15 yil ichida esa milliarderlardan merosxorlarga kamida 5,9 trillion dollar o'tishi kutilmogda.

Mintaqalar kesimida AQSh yetakchilikni saqlab qolmogda: bu yerda milliarderlar boyligi 6,9 trillion dollarga yetgan, ular soni esa 924 nafarni tashkil etadi. Ikkinchi o'rinda Osiyo–Tinch okeani mintaqasi (4,2 trillion dollar), undan keyin Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika (4,1 trillion dollar) joylashgan.

Tarmoqlar bo'yicha eng katta o'sish ishlab chiqarish sohasida kuzatilib, bu yo'nalishda milliarderlar boyligi 27,1 foizga o'sib, 1,7 trillion dollarga yetgan. Shuningdek, IT, moliya hamda iste'mol tovarlari va chakana savdo sohalarida ham sezilarli o'sish qayd etilgan.

    Boshqa yangiliklar