AsosiyBu qiziq

Makronning xotini erkak emasligi isbotlandi

Parij jinoyat sudi Fransiya birinchi xonimi Brigit Makronga nisbatan internet orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan va haqorat qilgan 10 nafar shaxsni aybdor deb topdi.

'Makronning xotini erkak emasligi isbotlandi'ning rasmi

BFM xabariga ko‘ra, sudlanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda Brigit Makron go‘yoki erkak bo‘lib tug‘ilgani va transgen ekani haqidagi fitna nazariyasini tarqatib, uni va Prezident Emmanuel Makronni ochiq maskara qilgan.

Sud raisi Terri Donnar ayblanuvchilar jabrlanuvchiga qasddan zarar yetkazish niyatida, haqoratli va kamsituvchi iboralar orqali yolg‘on axborot tarqatganini ta’kidlagan.

Sud qaroriga binoan, sakkiz nafar shaxs 4 oydan 8 oygacha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi. Sud majlisida qatnashmagan ayblanuvchilardan biriga esa 6 oylik qamoq jazosi tayinlandi.

Mahkumlar orasida mashhur reklama agentligi rahbari Orelien Puasson (Zoe Sagan taxallusi bilan tanilgan) ham bor. U 8 oylik shartli qamoq jazosiga hukm qilinib, raqamli makonda odamlarni hurmat qilish bo‘yicha maxsus kurs o‘tashi va ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntini yopishi shart qilindi. Prokuratura uni va folbin Amandin Ruani Brigit Makronga qarshi dezinformatsiya kampaniyasining asosiy tashabbuskorlari sifatida baholagan.

Sud jarayonida birinchi xonimning qizi Tiphen Ozer ham chiqish qilib, yolg‘on mish-mishlar onasining sog‘lig‘i va shaxsiy hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatganini aytgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq Bugun 02:43

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    “O‘zgidromet” 7 yanvar, chorshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

    'Dollar kursi o‘zgardi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.01.2026 11:46

    Dollar kursi o‘zgardi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq 06.01.2026 02:49

    Bugun qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    6 yanvar kuni uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi.

    '2025 йилда ўзбекистонликлар энг кўп қайси иловаларни юклаб олган?'ning rasmi

    Bu qiziq 05.01.2026 12:34

    'Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi'ning rasmi

    Bu qiziq 05.01.2026 12:01

    Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi

    Markaziy bank 6 yanvar uchun yangi valyuta kurslarini e'lon qildi.

    'Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Bu qiziq 04.01.2026 23:25

    Hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    “O‘zgidromet” 5 yanvar, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.