Hegset Virjiniya shtatidagi USS Jon F. Kennedi aviatsiya tashuvchi kemasi bortida dengizchilarga qilgan murojaatida, Maduroning reiddan atigi uch daqiqa oldin xabardor bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, operatsiyada tungi ko‘rish uskunalariga ega AQSh maxsus kuchlari ishtirok etgan.
Pentagon rahbari Maduroning rafiqasi tashqaridan eshitilgan shovqinni samolyot ovoziqa o‘xshaganini ham qayd etgan. Ma’lum qilinishicha, reidda qariyb 200 nafar amerikalik harbiy qatnashgan, avval havo mudofaasi zararsizlantirilgan, so‘ng maxsus bo‘linma bino hududiga kirgan.
AQSh rasmiylari ayrim harbiylar jarohat olganini, Venesuela tomonida esa qurbonlar borligini bildirgan. Maduro esa xavfsiz xonaga etib bormasdan qo‘lga olingani aytilmogda. Operatsiya bir necha oy davomida turli stsenariylar asosida mashq qilingan.






