AsosiyDunyo

Xorazmda tezlikni oshirgan Nexia haydovchi halok bo‘ldi

Ushbu muhim hodisa viloyatning Urganch tumanida yuz bergan.

'Xorazmda tezlikni oshirgan Nexia haydovchi halok bo‘ldi'ning rasmi

Xorazm viloyatida Nexia haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanaotgan Lacetti avtomashinasi bilan to‘qnashib, so‘ng yo‘l chetidagi daraxtga urildi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia haydovchisi vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yo‘l-transport hodisasi bugun, 6 yanvar kuni ertalab Urganch tumani Beruniy mahallasi hududida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan R.B. Nexia avtomashinasini boshqarib ketayotgan vaqtda, bir yo‘nalishda harakatlanaotgan 24 yoshli M.P. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuvdan so‘ng Nexia avtomashinasi yo‘ldan chiqib ketib, daraxtga borib urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Nexia haydovchisi R.B. voqea joyida halok bo‘lgan.

Avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning otasi O.B. esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga Nexia haydovchisining tezlikni me’yordan oshirib harakatlanishi sabab bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron tomonidan otilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirdi.'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:55

    Eron tomonidan otilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirdi.

    Bugun, 30 mart kuni Eron hududidan uchirilgan ballistik raketa Turkiya havo hududiga kirib keldi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

    'Pokiston zarbalari Kunarni larzaga soldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:50

    'KXDRda Mossadning ikki agentiga kim o‘lim hukmini chiqardi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:19

    KXDRda Mossadning ikki agentiga kim o‘lim hukmini chiqardi?

    Ushbu shaxslar Isroil razvedka xizmati – Mossadga maxfiy maʼlumotlarni uzatgani uchun nishonga olingan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 29.03.2026 15:40

    'Россия яна Олимпия ўйинларини қабул қилишга тайёр — Путин'ning rasmi

    Dunyo 29.03.2026 13:49

    Россия яна Олимпия ўйинларини қабул қилишга тайёр — Путин

    Putin Rossiya 1980 yilda Moskva va 2014 yilda Sochida o‘tgan Olimpiadalarga mezbonlik qilganini eslatib o‘tdi.

    'Мадуро қамоқдан туриб Венесуэла халқига мурожаат йўллади'ning rasmi

    Dunyo 29.03.2026 12:46

    Мадуро қамоқдан туриб Венесуэла халқига мурожаат йўллади

    U oʻz xalqiga koʻrsatilgan jasorat va birdamlik uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatda tinchlik va birlikni mustahkamlashga chaqirdi.