AsosiyDunyo

Eron noroziliklari: namoyishchilar Abadan shahrini egallagani aytilmoqda

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Eronning Ilom viloyatidagi Abdanan shahri hukumat nazoratidan chiqqan ilk hududga aylangan.

'Eron noroziliklari: namoyishchilar Abadan shahrini egallagani aytilmoqda'ning rasmi

Xabarlarga ko‘ra, namoyishchilar Abdanandagi politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgan. Mahalliy kuchishlar organ vakillari birtorta ham o‘q uzmasdan taslim bo‘lgani aytilmoqda.

Shuningdek, norozilar Malekshahi shahrini ham nazoratga olgani va xavfsizlik kuchlarini u yerdan siqib chiqargani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Biroq bu xabarlar hozircha rasmiy tasdiq olmagan.

Bugun Tehrondagi eng yirik bozorida minglab savdogarlar ham rejimga qarshi shiorlar bilan norozilik aksiyasini o‘tkazgan. Bu holat uch kun avval oliy rahbar Ali Humoniy savdogarlarni “islomiy rejimga eng sodiq qatlamlardan biri” deb atagan bayonotiga zid ekani ta’kidlanmoqda.

Avvalroq, agar xavfsizlik kuchlari noroziliklarni jilovlay olmasa yoki armiya namoyishchilar tomongiga o‘tsa, Eron rahbariyatida Ali Humoniyni Moskvaga evakuatsiya qilish rejasi borligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

    Boshqa yangiliklar