AsosiySiyosat

Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

Bu haqda 6 yanvar kuni Parijda bo‘lib o‘tgan “Ko‘ngillilar koalitsiyasi” sammitida Frantsiya Prezidenti Emmanuil Makron, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy imzoladi.

Deklaratsiyada besh asosiy yo‘nalish ko‘zda tutilgan:

  • AQSh o‘t ochishni to‘xtatish rejimini nazorat qiladi va qoida buzilish holatlari uchun maxsus komissiya tuziladi;
  • Ko‘ngillilar koalitsiyasi a’zolari Ukraina Qurolli kuchlarini moliyaviy va harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
  • Ukraina hududida ko‘p millatli kuchlar joylashtiriladi;
  • Rossiya yangi hujum qilsa, qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqiy majburiyatlar ishlab chiqiladi;
  • uzoq muddatli harbiy hamkorlik rivojlantiriladi.

Frantsiya, Buyuk Britaniya va Ukraina uch tomonlama deklaratsiya imzolab, urush to‘xtatilgach Ukraina hududida qo‘shin yuborishga tayyor ekanini e’lon qildi. Shu bilan birga, Rossiya bunday harbiy qo‘shinlarni xavfsizlikka tahdid deb bilishini bir necha bor bildirgan.

Zelenskiy esa 29 dekabrda AQShdan Ukraina uchun 30–50 yillik xavfsizlik kafolatlari so‘ragan edi; hozir tomonlar 15 yillik kafolat variantini muhokama qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston nega Tinchlik kengashiga qoʻshilganini tushuntirdi'ning rasmi

    Siyosat 23.01.2026 10:13

    Abdulaziz Komilov Oʻzbekiston nega Tinchlik kengashiga qoʻshilganini tushuntirdi

    Эслатиб ўтамиз, Президент Шавкат Мирзиёев Дональд Трамп билан Тинчлик кенгаши тўғрисидаги битимни имзолади.

    'Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi'ning rasmi

    Siyosat 22.01.2026 12:27

    Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi Nizomini imzoladi

    Kengash tarkibidan jahonning turli mamlakatlaridan nufuzli va ta'sirga ega yetakchilar o‘rin oldi.

    'Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi'ning rasmi

    Siyosat 22.01.2026 03:52

    Prezident Shavkat Mirziyoev Shveytsariyaga tashrif bilan keldi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveytsariyaning Syurix shahriga etib keldi.

    'Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi'ning rasmi

    Siyosat 21.01.2026 14:13

    Shavkat Mirziyoyev Shveytsariyaga jo‘nab ketdi

    Prezident ushbu tashrif doirasida Donald Trampning taklifiga binoan Tinchlik Kengashi nizomi imzolanish marosimida ishtirok etadi.

    'Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.'ning rasmi

    Siyosat 19.01.2026 15:04

    Aholini va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi ko‘rib chiqildi.

    Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarining borishi yuzasidan axborot berildi.

    'Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi'ning rasmi

    Siyosat 15.01.2026 13:05

    Elchilarga yangi vazifalar qoʻyildi

    Fuqarolarni xorijda yuqori daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilandi.