AsosiyDunyo

AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda

Donald Trump AQShning o‘nlab xalqaro tuzilmalardagi a’zoligini to‘xtatish haqida memorandum imzoladi.

'AQSh 66 ta xalqaro tashkilotdan chiqmoqda'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning 66 ta xalqaro tashkilotdagi a’zoligini bekor qilishni nazarda tutuvchi memorandumni imzoladi. Bu haqda Oq uy 7 yanvar kuni X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur tashkilotlarning 31 tasi BMT shafeligida faoliyat yuritadi, yana 35 tasi esa BMTga aloqador bo‘lmagan tuzilmalardir. Oq uy bayonotiga ko‘ra, ushbu tashkilotlar “AQSh manfaatlariga mos kelmaydi”.

Ro‘yxatga Ukraina Ilmiy-texnologik markazi, Venetsiya komissiyasi, BMT bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili ofisi, BMT Demokratiya jamg‘armasi kabi tuzilmalar ham kiritilgan.

Davlat kotibi Marko Rubio bayonotida Tramp ma’muriyati bu tashkilotlarni “isrofgarlik, samarasiz, zararli”, shuningdek, “AQSh suvereniteti va farovonligiga tahdid soluvchi” deb baholaganini ta’kidladi.

    Boshqa yangiliklar