Ukrainaning Cherkas viloyatidagi Uman shahrida radikallar yahudiy taqvodori Rabbi Naxmanning qabri joylashgan sinagogni tahqirlashdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Bir guruh yoshlardan iborat bo`lgan radikallar ibodatxonaga kirib, baqirib so`kingancha, chor-atrofga qizil bo`yoq to`kishdi va kesilgan cho`chqa boshini qoldirib, ko`zdan yosh oqizuvchi gazni sepib, qochib ketishdi.
“Bu juda qo`rqinchli va dahshatli edi, biz hamon o`zimizga kelolganimiz yo`q”, dedi voqeaga guvoh bo`lgan yo`lovchilar.
Voqea yuz bergan paytda sinagogda ibodat vaqti bo`lgani uchun odam ko`p bo`lgan. Bo`lib o`tgan hodisani guvohlar videoga oldi. Millatchilarga nisbatan “Bezorilik” moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.





