1

Chiroyli qomat sari olg`a! Fitness-instruktor Ozoda Davronovadan 7 maslahat

Salomatlik 21.12.2016, 15:04
Teglar: Salomatlik, Ayol, Go`zallik
Chiroyli qomat sari olg`a! Fitness-instruktor  Ozoda Davronovadan 7 maslahat

1.    Qorindagi ortiqcha yog`lardan xalos bo`lish uchun nafaqat parhez qilish, balki uy sharoitida mashqlar bajarish ham kerak. Ikkalasini birgalikda olib borsangiz, istalgan natijaga erisha olasiz.

2.    Belni xipcha qiluvchi, qorindagi yog`lardan xalos etuvchi eng yaxshi mashq,  bu — o`tirib-turish. Bu mashqni faol ravishda boshlash uchun avval butun tanani bunga tayyorlab borish zarur. Buning uchun hafta davomida har tong ozgina vaqt mashq qiling, tanani chiniqtiring.

3.    Bir haftadan so`ng o`tirib-turish mashqiga bemalol o`tsangiz ham bo`ladi. Mashqni orada 3 marta dam olgan holda 15 marta bajarishdan boshlang. Jarayonni musiqa jo`rligida amalga oshirsangiz, charchoq nimaligini bilmaysiz. Har 3 kunda mashq sonini 5 taga ko`paytirib boring.

4.    Mashqlar bilan birgalikda parhezni boshlang. Ochlik e`lon qilishingizga hojat yo`q, shunchaki kunlik taomnomangizni to`g`ri tuzing.

5.    Har kunlik rasioningizda quyidagi mahsulotlar bo`lishi shart: qaynatilgan go`sht, sabzavotlar, mevalar, yog`siz sut mahsulotlari, guruch, grechixa, yog`siz baliq go`shti.

6.    5-maslahatda sanalgan mahsulotlarni istaganingizcha eyishingiz mumkin, faqat kechqurun o`zingizni tiying. Shirinliklardan esa Yangi yilgacha voz kechganingiz ma`qul.

7.    Yanada tez va ko`proq samaraga erishish uchun haftada bir marta suzish havzasiga borib, kamida yarim kilometrga suzing. Shuningdek, oddiy yumshatuvchi krem bilan qorinni uqalang, bunda yog`lar harakatga tushib, erishi osonlashadi.

Sharhlar

Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
Farg`onada 32 yashar ayol tomorqasida ko`knori etishtirayotgani aniqlandi

13.05.2021, 22:34

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahrida 32 yashar ayol uyining tomorqasida ko`knori o`simligi etishtirayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.Qayd etilishicha, 2021 yilning 5 may kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1