AsosiyBu qiziq

O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatga bormoqda?

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan 10 ta davlat qaysiligi ochiqlandi.

'O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p qaysi davlatga bormoqda?'ning rasmi

2025 yilning yanvar-noyabr oylarida jami 27,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 6,7 ming nafarga yoki 19,3 foizga kamaygan.

O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p safar qilgan 10 davlat:

Rossiya – 6 235 nafar;

Tojikiston – 5 943 nafar;

Qirg‘iziston – 4 219 nafar;

Koreya – 3 410 nafar;

Turkiya – 2 381 nafar;

Xitoy – 1 231 nafar

Qozog‘iston – 1 074 nafar;

Buyuk Britaniya – 870 nafar;

Germaniya – 384 nafar;

AQSh – 333 nafar.

    Boshqa yangiliklar